“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
20:53, 11.01.2019 64591

Prezidentning Samarqandga tashrifi, 100 ming so‘mlik banknot, faoliyati to‘xtatiladigan Telegram Messenger va kunning boshqa muhim xabarlari

11-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. U yerda Prezident Imom Buxoriy maqbarasi va Hadis ilmi maktabida bo‘ldi, Samarqandda yangi qurilgan uylardagi xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi, Toyloq tumanidagi Pet Agro Oil qo‘shma korxonasini ko‘zdan kechirdi, Samarqanddagi Konfutsiy maydonini borib ko‘rdi.

Shuningdek, Samarqandda Prezident ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasi Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

***

Markaziy bank 100 ming so‘mlik banknotning muomalaga chiqarilishini tasdiqladi.

Markaziy bank matbuot xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi banknotlarning chiqarilishi bo‘yicha texnik tayyorgarlik boshlangan. Biroq, banknota muomalaga chiqishi bo‘yicha aniq sana belgilanmagan.

***

Pavel Durov Telegram Messenger kompaniyasi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi.

Pavel Durov Roskomandzor reyestriga kiritilgan Telegram Messenger LLP kompaniyasi faoliyatini to‘xtatishga ariza berdi.

Kompaniya faoliyati to‘xtatilishining rasmiy sabablari ma’lum qilinmagan.

***

Dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning ajrashish sabablarini ma’lum bo‘ldi.

Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosning rafiqasi bilan ajrashishiga uning sobiq teleboshlovchi Loren Sanchez bilan munosabatlari sabab bo‘lgan.

Bu juftlik uchrashib turadi va milliarderning amaldagi rafiqasi ularning munosabatidan xabardor.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa xotini bilan ajrashayotgan Amazon asoschisi Jeff Bezosga omad tiladi.

***

Zo‘rlashda ayblanayotgan Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olish uchun order berildi.

Politsiya Ronalduni zo‘rlashda ayblagan ayolning (Ketrin Mayorga) libosidagi namunalar bilan o‘yinchining genetik tahlillarini taqqoslaydi.

Las-Vegas politsiyasi vakillari allaqachon orderni Italiya sud xizmatiga yuborgan.

2018-yilning sentabrida amerikalik model Ketrin Mayorga 2009-yil iyun oyida Ronaldu uni Las-Vegasda zo‘rlagani haqida ma’lum qilgandi.

Boshqa yangiliklar