11-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “C” guruhidagi birinchi uchrashuv yakunlandi.

Foto: Getty Images

Ushbu bahsda Filippin termasi Xitoy terma jamoasiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘yinning 40—66-daqiqalarida Li Vu Filippin darvozasiga 2 ta to‘p kiritib, dublga erishgan bo‘lsa (2:0), 80-daqiqaga kelib, Yu Dabao 3-golga mualliflik qildi.

Shu tariqa Xitoy terma jamaosi musobaqaning 2 turida g‘alabaga erishdi va guruhda 6 ochko to‘plab, pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ushbu guruhning ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda Janubiy Koreya termasi Qirg‘iziston terma jamoasini sinovdan o‘tkazadi.

Osiyo Kubogi—2019

“C” guruhi, 2-tur

11-yanvar, juma

Filippin—Xitoy 0:3

Gollar: 0:1 — 40 Li Vu, 0:2 — 66 Li Vu, 0:3 — 80 Yu Dabao.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!