11-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “C” guruhidagi ikkinchi bellashuv ham yakuniga yetdi.

Foto: OFK

Unda Qirg‘iziston terma jamoasi Janubiy Koreya termasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 41-daqiqada kiritildi. Ushbu golga Janubiy Koreya termasi himoyachisi Min-Jae Kim mualliflik qildi.

Shu tariqa Janubiy Koreya terma jamoasi musobaqa guruh bosqichining 2-turida ham g‘alaba qozongan holda  pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Foto: OFK

Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhning dastlabki o‘yinida Xitoy Filippinni mag‘lubiyatga uchratib, pley-offga chiqqandi.

Osiyo Kubogi—2019

“C” guruhi, 2-tur

11-yanvar, juma

Qirg‘iziston—Janubiy Koreya 0:1

Gol: 0:1 — 41 Min-Jae Kim.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!