11-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “B” guruhidagi navbatdagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Foto: Getty Images

Falastin terma jamoasi Avstraliya termasiga qarshi maydonga tushib, 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

1-bo‘limning 18-daqiqasida Avstraliya hujumchisi Jemi Maklaren Falastin darvozasini ishg‘ol qildi (1:0). Oradan ikki daqiqa o‘tib, uning jamoadoshi Aver Mobil raqib darvozasiga 2-to‘pni kiritdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Apostolos Yannu hisobni yiriklashtirdi (3:0).

Shu tariqa Avstraliya terma jamoasi Falastin termasi ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning “B” guruhidagi dastlabki o‘yinda Iordaniya termasi Suriya terma jamaosi ustidan 2:0 hisobida ustun keldi.

Osiyo Kubogi—2019

“B” guruhi, 2-tur

11-yanvar, juma

Falastin—Avstraliya 0:3

Gollar: 0:1 — 18 Maklaren, 0:2 — 20 Mobil, 0:3 — 90 Yannu.