Joriy yil 15-yanvardan Moskvada o‘zbek tilining onlayn maktabi ochiladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Avvaliga “Uzbekonline.ru” saytida o‘qitish shartlari va dasturi taqdim etiladigan bepul vebinar o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlarni 21 yildan beri o‘qituvchilik va repetitorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik Feruza Isoqova olib boradi. U 5 yil davomida rusiyzabonlar uchun onlayn tarzda o‘zbek tilini o‘rgatmoqda.

Mazkur kurslar 12 haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, 24 ta mashg‘ulotdan iborat. Darslar jadvali va kurslar shaklini (ular o‘qituvchi bilan onlayn muloqotda va muloqotsiz o‘tishi mumkin) o‘rganuvchilarning o‘zi tanlaydi.