Chaqaloqning og‘zi plastir bilan yelimlab qo‘yilgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylangandan so‘ng Ingushetiya respublika perinatal markazi bosh shifokori Xadi Ugurchiyeva ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Depositphotos

Noroziliklarga sabab bo‘lgan videoyozuvda chaqaloq yuziga so‘rg‘ich leykoplastir bilan yopishtirilgan holda shifoxona palatasida yotganligi aks etgan. Uning yonida qarindoshlari va tibbiyot xodimlari bo‘lmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning og‘ziga so‘rg‘ichni perinatal markaz bemorlaridan biri yopishtirib qo‘ygan va u buni huquq-tartibot organlariga tan olgan.