CES-2019 ko‘rgazmasida Continental kompaniyasi robot it yordamida jo‘natmani yetkazib berish konseptini taqdim etdi. G‘oyaga ko‘ra, robot itlar hududlarga haydovchisiz elektromobillarda olib boriladi, shundan so‘ng ular jo‘natmalarni eshiklargacha olib boradi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Kompaniya xodimlari ko‘rgazmadagi stendda yetkazib berish sharoitlarini yaratgan holda, jurnalistlar uchun namoyish o‘tkazgan. Namoyishda robot it yo‘l chetidan borib, zinadan ko‘tarilgan, eshik qo‘ng‘irog‘ini chalgan va jo‘natmani qoldirgan.