Buxoro davlat muzey—qo‘riqxonasi tizimidagi “Ark” viloyat o‘lkashunoslik muzeyida Madaniyat vazirligi tomonidan smart texnologiyalari, ya’ni audiogidlar joriy etildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati

Ark qo‘rg‘oni haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya matnlari o‘zbek, rus, ingliz tillarida tayyorlanib, ovozlashtirilgan. Tizim to‘qqiz bo‘limdan iborat bo‘lib Ark qo‘rg‘oni tarixi va undagi ekspozitsiyalar, eksponatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Ushbu innovatsion texnologiyaning afzallik jihati uni buyurtma qilgan sayohatchi Ark qal’asi tarixi haqidagi aniq va asoslangan tarixiy ma’lumotlarga hamda viloyat o‘lkashunoslik muzeyida namoyishga qo‘yilgan noyob, nodir ashyolar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ladi.