Azim Axmedxadjayev Jizzax viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

U O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari sifatida mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy va sanoat jihatidan kompleks rivojlantirish bo‘yicha boshlagan ishini davom ettiradi.

Yangi hokim o‘rinbosari shuningdek, hokimlik jamoasi bilan birgalikda viloyatda investitsion muhitni yaxshilash, turistik imkoniyatlarni ko‘paytirish hamda mintaqaning tashqi ko‘rinishi bilan yaqindan ishlash niyatida.