Nyu-yorklik shaxs qozog‘istonlik Ayee Tulemaganbetovaning o‘n ming dollar  bo‘lgan yo‘qolgan sumkasini topib, unga qaytarib berdi, deb yozmoqda “Tengrinews”.

Foto: “Tengrinews”

Xabarda aytilishicha, ayol sumkani dekabr oyida metroda yo‘qotib qo‘ygan bo‘lib, undagi pullarga bolalarga yangi yil sovg‘alari olmoqchi bo‘lgan.

Sumkani platformalarning birida amerikalik Richard Tavern topib olgan. U sumka egasini topishga qaror qilgan va 10-yanvar kuni uni topgan.

“Richard juda sofdil inson. Uning qilgan ishi AQShda yashovchi fuqarolar haqidagi fikrimni o‘zgartirdi”, — deydi Tulemaganbetova.

Qozog‘istonlik ayol minnatdorchilik sifatida ming dollarni bolalar uchun xayriyaga sarfladi. Richard Tavernga esa Qozog‘istonda kuch va hurmatni ifodalovchi “Oltin inson” haykalini sovg‘a qildi.