O‘zMTDP Andijon viloyat kengashi tomonidan Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlashda partiya faollari va deputatlari oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida seminar tashkil etildi. Bu haqda O‘zMTDP Andijon viloyat kengashi matbuot xizmati xabar beradi.

Foto: O‘zMTDP Andijon viloyat kengashi matbuot xizmati

Unda partiya viloyat kengashi faollari va deputatlari, Andijon Davlat universiteti professor o‘qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida ma’ruzachilar tomonidan Murojaatnomada ko‘rsatib o‘tilgan 2018-yilda erishilgan yutuqlar va 2019-yilda amalga oshiriladigan, kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar, siyosiy partiyalarning kelgusi faoliyati davomidagi muhim vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, xalqning siyosiy-ijtimoiy hayotida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan saylov jarayonlarini milliy qonunchilik va xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada o‘tkazish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish ishlarini olib borishga qaratilgan masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilarning bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini aholini barcha qatlamlariga yetkazishda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish muhim vazifa etib belgilandi.