Merilend shtatining fuqarosi Richard Joyner bashoratli tushi tufayli ikkinchi marta jekpot lotoreyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda UPI xabar bermoqda.

Foto: Maryland Lottery

Richard Joyner to‘rt, sakkiz, besh va olti raqamlarining ketma-ketligini tushida ko‘rgan. Keyin esa bu raqam uning miyasiga o‘rnashib qolgan. Shuningdek, u armiyada xizmat qilgan paytlarida ham ko‘p hujjatlarda ushbu raqamga duch kelganini esladi.

Joynerga bu kombinatsiya ko‘pincha virtual poygada ham unga g‘alaba keltirishini sezib qoldi. U virtual ot poygasida shu raqamdan foydalanib, 15 252 dollar (1 million rubl) jekpotni qo‘lga kiritdi, ikkinchi marta o‘ynaganida esa 39 697 dollar (2,6 million rubl) yutib oldi. Joyner o‘shanda ham yutuq chiqadigan otlarning raqamini tushida ko‘rgan ekan.

“Ko‘pincha tushimda har xil raqamlarni ko‘raman. Ular ko‘pincha qandaydir sanalar, muhim voqealar va sport natijalari bilan bog‘liq. Keyin shu raqamlarni ishlatishga harakat qilaman,” – deydi u.

Dekabr oyida ham uyqusizlik tufayli virtual poygada g‘olib bo‘lgan amerikalik ayol haqida xabar berilgan edi. U uzoq vaqt uyqusizlikdan qiynalgan. Keyin esa o‘yinda uyquga ketishidan oldin oxirgi marta soat millari ko‘rsatgan vaqtni eslagan. Bu raqamlarning kombinatsiyasi unga 13,323 dollar (taxminan 892 ming rubl) keltirgan.