Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “NAK-NBU” kobrend plastik kartasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” va Visa xalqaro to‘lov tizimi bilan hamkorlikda chiqarilgan mazkur karta mamlakat fuqarolari uchun yangilik hisoblanadi. Uning afzalligi shundaki, har kunlik tovar va xizmatlar xarid qilish chog‘ida karta egasiga ballar yozib boriladi. Ma’lum miqdordagi ballar to‘plangandan so‘ng ular yordamida Milliy aviakompaniyaning ballar yetadigan istalgan yo‘nalishiga tekin aviachiptani rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
“NAK-NBU” kobrend kartasini bankda mijoz istagiga ko‘ra milliy valyutada ham, AQSh dollarida ham rasmiylashtirish mumkin. Mazkur kartani faollashtirish uchun minimal summa 400—800 ming so‘m yoki 50—100 AQSh dollarini tashkil etadi.
“NAK-NBU” kartasi 2019-yilning 1-fevralidan muomalaga kiritiladi.
Izoh (0)