Shavkat Mirziyoyev ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jarima miqdori eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha oshirildi. Bundan avval, fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jarima miqdori eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan.
Huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi (ilgari eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima).
Izoh (0)