10-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “A” guruhidagi dastlabki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Ushbu o‘yinda Bahrayn va Tailand terma jamoalari o‘zaro kurash olib bordi va tailandliklar arablarni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (0:1).
O‘yindagi yagona gol 58-daqiqada Chanatip Songkrasin tomonidan kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, Tailand musobaqaning 1-turida Hindistonga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shundan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Milovan Rayevats iste’foga chiqarilgandi. Uning o‘rniga Tailand termasini Sirisak Yodyardtxai vaqtinchalik boshqarib turibdi.
Osiyo Kubogi—2019
“A” guruhi, 2-tur
10-yanvar, payshanba
Bahrayn—Tailand 0:1
Gol: 0:1 — 58 Songkrasin.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)