Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga direktor tayinlandi, deb xabar bermoqda UzDaily nashri.
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev 9-yanvar kuni Dmitriy Lini Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlash haqidagi farmonini imzolagan.
Dmitriy Li Loyiha boshqaruvi milliy agentligida direktorning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Loyiha boshqaruvi milliy agentligining avvalgi direktori Shuhrat Sodiqov 2018-yilning avgust oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri etib tayinlangandi.
Izoh (0)