11-yanvar, juma kuni Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 2-turi “B” guruhidan o‘rin olgan Falastin va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam beradi. Darvoza ortida Ravshan Ermatov va Ilgiz Tantashevlar ishlaydi.
Avvalroq OFK Osiyo Kubogi musobaqasiga taklif qilingan barcha hakamlar turli vazifalarda ishlashini e’lon qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)