Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida taksiga o‘tirgan yo‘lovchi haydovchining puli va telefonini olib qochgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
IIBga murojaat qilgan haydovchiga ko‘ra, voqea 7-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Yangiyo‘l shahridagi “Aristokrat” kafesidan taksiga chiqqan yo‘lovchi, shahardagi “Mezon” mahallasidagi do‘konga yetib kelganda, haydovchining 500 ming puli hamda Samsung telefonini olib qochgan.
Tezkor choralar natijasida jinoyatni Yangiyo‘l tumani Bahor mahallasida yashovchi A.A. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)