Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) 2018-yilning eng yaxshi futbolchilari, murabbiyi hamda jamoasi nomini ma’lum qildi.
“Real” himoyachisi Ashraf Hakimi Afrikaning 2018-yildagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi deya e’tirof etildi. Hozirda 20 yoshli marokashlik futbolchi ijara asosida “Borussiya Dortmund”da to‘p surmoqda.
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar yilning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Mavritaniya termasi — eng yaxshi jamoa deb topildi.
2018-yilning eng yaxshi ayollar terma jamoasi nomiga Nigeriya jamoasi loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, JAR terma jamoasi hujumchisi Tembi Katlanu yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nomiga ega chiqdi. Deseri Ellis (JAR) esa yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)