9-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 1-turining “F” guruhidagi ikkinchi o‘yin yakuniga yetdi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Ummon termasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Twitter

O‘yinning 34-daqiqasida Odil Ahmedov jarima zarbasidan Ummon darvozasini ishg‘ol qildi.

2-bo‘limning 74-daqiqasida Muhsin al-G‘assoni hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Marat Bikmayev o‘rniga maydonga tushgan Eldor Shomurodov 86-daqiqaga kelib,g‘alaba golini urdi va O‘zbekiston termasi 2:1 hisobida Ummon terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning “F” guruhidagi dastlabki bellashuvda Yaponiya terma jamoasi Turkmaniston termasi ustidan qiyin g‘alabaga erishgandi.

Osiyo Kubogi—2019

9-yanvar, chorshanba

1-tur bahsi

“F” guruhi

O‘zbekiston – Ummon 2:1

Gollar: 1:0 – 34 Ahmedov, 1:1 –73 Muhsin , 2:1 – 86 Shomurodov.

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Akmal Shorahmedov, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Jaloliddin Masharipov (79, Aliboyev), Javohir Siddiqov, Marat Bikmayev (83, Shomurodov), Sardor Rashidov (59, Hamdamov).

Ummon: Al-Rashidi, Al-Busaydi, Al-Muhayni, Al-Musalami, Al-Saadi, Al-Haldi, Al-Maxajiri, Al-Muhayni, Al-Hajri (67, Al-G‘assoni), Al-Yahmadi.

Ogohlantirishlar: Masharipov (29), Nesterov (58).

Chetlatish: Krimets (90+2)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!