Namangan shahar “Sardoba” mahallasida joylashgan bozorda o‘zaro janjal tufayli fuqaro O.J.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2019-yilda 8-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Pichoqbozlik oqibatida O.J. kasalxonaga yotqizilgan, X.K. esa qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)