Naqd valyutani jismoniy shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish masalasi valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonun qabul qilingandan keyin ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
2019-yilgi Davlat dasturi loyihasining dastlabki versiyasi 66-bandida valyuta bozori liberalizatsiyasi bo‘yicha tadbirlar ko‘rsatilgan edi. Mas’ul idoralarga 1-martga qadar valyuta almashtirish va sotish, jumladan, naqd valyutani jismoniy shaxslarga sotishdagi asossiz cheklovlarni olib tashlash haqidagi hujjatni ishlab chiqish yuklatilgan edi.
Markaziy bank valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun hukumatga taqdim etilganligini ma’lum qildi.
“Qonun ma’qullangandan so‘ng zaruriyatga qarab valyuta bozoridagi qolgan yangiliklarni ko‘rib chiqamiz. Bu hujjat qabul qilinishi bilan naqd valyutani sotish boshlanishini anglatmaydi”, — deya ta’kidladi Markaziy bank.
Izoh (0)