Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xerardo Martino Meksika terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda Meksika termasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Martino terma jamoa bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekkan. U bu vaqt davomida 8,8 million dollar miqdori maosh ishlab topadi.
56 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi “Atlanta Yunayted” bo‘lgandi. Martino MLS’ning 2018-yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.
Ma’lumot uchun, Xerardo Martino 2013—2014-yillarda “Barselona”ni ham boshqargandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)