O‘zbekistonning 90-yillardagi eng yaxshi futbol hakamlaridan biri Radik Serazetdinov 70 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.
“Radik Safiyevich O‘zbekistonda hakamlik faoliyatiga munosib hissa qo‘shdi. U Ravshan Ermatov va Valentin Kovalenko kabi dunyo tan olgan futbol hakamlarini tayyorladi. Bundan tashqari uning ikki o‘g‘li — Viktor va Ruslan ham ayni paytda otasi izidan borib, uning ishini davom ettirmoqda”, — deyiladi O‘FA xabarida.
So‘nggi yillarda Radik Serazetdinov milliy chempionat o‘yinlarida inspektor sifatida faoliyat olib bordi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)