AQShda narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi 48 yoshli Skott Dozyer 2002-yilda odam o‘ldirgan edi. Tergov davomida u 2007-yildagi yana bir qotillikda ayblandi va o‘lim jazosiga hukm qilindi, deb yozadi Meduza.
O‘lim jazosi shtatda 2006-yildan buyon qo‘llanilmayotgan edi. Dozyer barcha apellyatsiyalardan voz kechdi. Uning advokatlari o‘lim inyeksiyasi mijoziga azob berishi mumkinligini isbotladi.
2017-yilning noyabrida sud hukm chiqarishni noma’lum muddatga kechiktirdi. 2018-yilning mayida sud o‘lim jazosini ijro etishga ruxsat berdi, biroq iyul oyidayoq bu qarorni bekor qildi. Chunki boshqa dori vositasining ishlab chiqaruvchilari shtat uni noqonuniy qo‘lga kiritganligini isbotlashga erishdi.
5-yanvar kuni Dozyer o‘z kamerasida o‘lik holda topildi. Qamoqxona ma’muriyati u o‘z joniga qasd qilganligini bildirdi.
Izoh (0)