Qrim hukumati rahbarining o‘rinbosari va Qrimning Rossiya prezidenti huzuridagi doimiy vakili Georgiy Muradov Ukraina tomonida kemalarning Kerch bo‘g‘ozi orqali Azov dengiziga o‘tishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi, buning uchun u xalqaro me’yorlar va kemalar qatnovi qoidalariga rioya etishi lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Tor va katta ehtiyotkorlik talab etuvchi Kerch-Yenikal kanalidan o‘tishda tahdid yuzaga keltirmaslik uchun ma’lum bir protseduralarni bajarish lozim”, — dedi Muradov.
U bu shartlar xalqaro amaliyotda odatiy ekanligini qo‘shimcha qildi.
“Rossiya hech kimga o‘z xavfsizligini tahdidga qo‘yish imkonini bermaydi”, — deya xulosa qildi Muradov.
Izoh (0)