4-yanvar, juma kuni O‘zbekistonning barcha masjidlarida dindorlar jonivorlarga mehribon va rahm-shafqatli munosabatda bo‘lish haqidagi xutbani tingladi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi va “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati vakillari ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Juma namozidagi va’z uchun matn Musulmonlar idorasi tomonidan maxsus tayyorlanib, mamlakatning barcha masjidlariga oldindan tarqatildi. Imomlar dindorlarni jonivorlar bilan rahm-shafqatli munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
“Mehr va Oqibat” jamiyatining O‘zbekiston Musulmonlar idorasi bilan hamkorligi kishilarni ma’rifatli qilish va yoshlarda vatanga muhabbat, insonparvarlik, yerdagi butun tirik mavjudotlarga rahm-shafqatli bo‘lish kabi sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Izoh (0)