2018-yilda Norvegiyada sotilgan yangi avtomobillarning uchdan bir qismi elektromobillar bo‘ldi. Bu dunyo rekordi hisoblanadi, deya xabar beradi Tengrinews.
2025-yilda mamlakat yoqilg‘ida ishlovchi avtomobillar sotuvidan to‘liq voz kechishni rejalashtirmoqda.
2013-yilda elektromobillar Norvegiya bozorining atigi 5,5 foizini tashkil etardi. 2017-yilga kelib bu ko‘rsatkich 20,8 foizgacha ko‘tarildi, o‘tgan yili esa 31,2 foizga yetdi.
Norvegiyada elektromobillar egalari ko‘plab soliqlardan ozod etilgan va ularga bepul parkovka, keng tarqalgan quvvatlantirish nuqtalari taklif etiladi.