Kiyevda 3-yanvarga o‘tar kechasi Ukraina davlat qo‘riqlov boshqarmasi xodimi o‘ldirildi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
26 yoshli Vasilix Xelyuk ikki itini sayr qildirayotgan o‘tkinchi bilan janjallashib qoldi. Mojaro davomida itlarning egasi qo‘riqchining yuziga kutilmaganda keskin zarba berishi oqibatida u yiqilib tushgan va tez orada halok bo‘lgan.
Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, yigit boshiga berilgan zarbadan hushiga kelmasdan vafot etgan.
Hujum qilgan erkak mamlakat professional boks ligasining vakili mashhur bokschi Pyotr Ocheretyan ekanligi xabar qilinmoqda. Qasddan o‘ldirish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid qilmoqda.
Izoh (0)