Xabaringiz bor o‘zbekistonlik faol yosh tadbirkor, “STRAUS-HOUSE” kompaniyasi rahbari Ibrohim Isroilov hozirda Janubiy Afrika Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. U O‘zbekiston uchun hali yangi innovatsion g‘oya bo‘lgan “Straus” tuyaqushchiligini rivojlantirish uchun izlanishlar va bu sohani jannatmakon O‘zbekistonda keng ko‘lamli amalga oshirish uchun “STRAUS-HOUSE’’ loyihasini amalga oshirish jarayonini jadal suratlarda olib bormoqda.

Janubiy Afrika Respublikasida qariyb 150 yildan buyon tuyaqushlarni xonakilashtrib sanoat darajasida yetishtirish, uning qimmatbaho terisi, jilvakor patlari, kosmetika va farmasevtikada keng qo‘laniladigan ichki yog‘i, olmos sayqallashda foydalaniladigan tirnoqlari va xolesterinsiz bo‘lgan go‘shtining eksporti bo‘yicha dunyoda 1-o‘rini egallab kelmoqda.

“STRAUS-HOUSE” kompaniyasi rahbari Ibrohim Isroilov Janubiy Afrika Respublikasida yetakchi bo‘lgan “KAROO LIVESTOCK EXPORTS” C.C. kompaniyasi bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yib, ularning ko‘p yillik tajribasi va mutaxassis-olimlarining maslahatiga ko‘ra ish ko‘rishni afzal deb bilib, kompaniya rahbari janob Gerriye Ferreyra bilan 2019-yilda 100 000 bosh tuyaqush sotib olib, O‘zbekistonga import qilish borasida tantanali ravishda shartnoma imzolandi.

“KAROO LIVESTOCK EXPORTS”C.C. kompaniyasi dunyoning 43 ta davlatiga xonaki va yovvoyi jonivorlarni eksportini yo‘lga qo‘ygan, nafaqat tuyaqush , nasldor echkilar, jirafa, zebra, fil, arslon va juda ko‘plab hayvon-u parranda qushlarni yetishtirib, nasl olib ko‘plab davlatlarga eksportini yo‘lga qo‘ygan yirik kompaniyadir.

Kompaniya rahbari janob Gerriye Ferreyra shunday deydi: “Men O‘zbekistonda aval turist sifatida bo‘lganman. O‘zbek xalqi juda mehmondo‘st, mehnatkash ekanligini va boshlagan har bir ishiga mehr bilan yondashib muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bilan aytamanki, tuyaqushlarni qiyinchiliksiz voyaga yetkazib har bir tadbirkor katta foydaga erishadi. Men va mening jamoam O‘zbekiston xalqiga o‘zimiznig ko‘p yillik tajribamizni ayamasdan bu sohaning barcha siru sinoatlarini o‘rgatamiz va bu yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik ikkala davlatga manfaatli bo‘lishiga ishonaman”.

“KAROO LIVESTOCK EXPORTS”C.C. kompaniyasi “STRAUS-HOUSE” kompaniyasi uchun yangi alohida bo‘lim tashkil etdi. Yangi tashkil etilgan bo‘lim faqatgina O‘zbekistonga jo‘natiladigan tuyaqushlarni parvarishi bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim xodimlariga Ibrohim Isroilov samimiy tilaklari bilan milliy do‘pilarimizni va “STRAUS-HOUSE” kompaniyasi uni liboslarimizni sovg‘a tariqasida topshirdi. Va janob Gerriye Ferreyraga yangi bo‘lim tashkil etgani uchun chuqur minatdorchiligini bildirdi.

An’analarimizga ko‘ra, o‘zbek xalqi biror xursandchilik marosim o‘tkazilgandi hech kimni quruq qo‘ymaydi. Shu an’analarimizga sodiq qolgan holatda Ibrohim Isroilov chet ellik hamkoriga zar chopon hadya qilib O‘zbekiston bayrog‘ini Afrika diyorida ko‘tardi.

Biz O‘zbekistonda shunday ezgu ishlarni amalga oshirayotgan yosh tadbirkorga omad va zafarlar tilab qolamiz. Kelgusida bundan ham yaxshi yangiliklarni kutib qolamiz.

Sayt: https:www.straushouse.uz

Telegram: https://t.me/straushouse

+998 (94) 419-91-11

+998 (94) 421-09-00

+998 (94) 429-09-00

+998 (94) 426-26-62

Bizning bosh ofisimiz manzili Toshkent shahar Yunusobod tumani 11 mavze. mo‘ljal: Mega planet savdo markazi.

Reklama huquqi asosida!