Art Vulf — yovvoyi tabiat va jonivorlarni suratga olish bilan shug‘ullanib kelayotgan afsonaviy fotosuratchi. O‘tgan davr mobaynida unda bir-biridan ajoyib fotosuratlarning ulkan arxivi to‘planib qolgan, deb yozadi TravelAsk.
Fotosuratchi ularning bir qismini alohida — “Yashirinish” deb nomlangan seriyaga jamlagan. 16 yil davomida shakllantirilgan mazkur jamlanmadagi suratlarda fotosuratchi o‘zi istar-istamas guvoh bo‘lgan tabiatdagi yashirinish, niqoblanish, g‘oyib bo‘lish vaziyatlari muhrlangan.
Suratlarga qarab, ustalik bilan yashirinishga, niqoblanishga muvaffaq bo‘lgan hayvonot olami vakilini topishga urinib ko‘ring.