Moskvada alpinistlar Qorbobo va Qorqiz libosini kiyib Morozovo kasalxonasidagi kichik bemorlarning holidan xabar oldi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Google Images

Ertak qahramonlarining libosidagi alpinistlar Morozovo kasalxonasi tomidan derazalardan oshib, bolalar yotgan palatalarga kirdi va kichik bemorlarga bayram uyushtirdi.

Jami 60 nafar o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchilar Qorboboga aylandi. Yangi yil sehrgarlari bolajonlarga shirinlik va konstruktorlar ulashdi.