2018-yil 13-oktabr kuni noma’lum shaxs Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida joylashgan “Olmazor” choyxonasi oldida qarovsiz qoldirilgan fuqaro U.B.ga tegishli Damas mashinasi salonidan 4 400 000 so‘m va 100 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati, Urgut tumani, Polvon mahallasida yashovchi M.B.sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Tergov davom etmoqda.