Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos faoliyati davomadi 3-marta 1 kalendar yil hisobini qizil kartochkasiz o‘tkazdi, deya xabar berdi “Chempionat.com”.
Ramos 2018-yilda 24 ta sariq kartochka ishlab oldi (Ispaniya chempionatida 16, Chempionlar Ligasida 4, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 2, Jahon Chempionatida 1, UEFA Superkubogida 1 ta), ammo biror marta maydondan chetlatilmadi.
Eslatib o‘tamiz, himoyachi qizil kartochka ishlab olish bo‘yicha La Liga rekordchisi hisoblanadi (19 ta). 2005-yilda “Real” tarkibiga qo‘shilgandan so‘ng, u umumiy hisobda 24 marta maydondan chetlatilgan.
Joriy yilda Ramos “Real” safida Yevropa Chempionlar Ligasi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. Ushbu mavsumda u La Liga doirasida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi va 1 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)