29-dekabr, shanba kuni Italiya A Seriyasining 19-tur bahslari doirasida “Atalanta” “Sassuolo” klubini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (6:2).
O‘yinda Bergamo shahri klubi hujumchisi Duvan Sapata 1 ta golga mualliflik qildi. 27 yoshli futbolchi A Seriya doirasida dekabrda bo‘lib o‘tgan 6 ta uchrashuvda 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shulardan 2 tasini “Yuventus” darvozasiga kiritgan bo‘lsa, “Udineze” bilan kechgan bahsda het-trikka erishdi.
Bir kalendar oyi hisobida 9 ta gol urish — A Seriya tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. 1950-yilda “Milan” sobiq o‘yinchisi Gunnar Nordal bir oydagi o‘yinlarda 10 ta gol urib, rekord o‘rnatgandi.
Opta’ning yozishicha, Sapatadan tashqari bir oyda 9 ta gol urish Serjio Brigenti (1961-yil aprel), Juzeppe Meatssa (1938-yil yanvar) va Antonio Anjelillo (1958-yil oktabr) kabi futbolchilarga ham nasib qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)