Qirg‘izistonning Chuyviloyati, Manas qishlog‘idagi o‘tkazilgan uloq musoboqasida ishtirokidan so‘ng mamlakatdagi eng katta Baron laqabli ot o‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

“Musobaqadan keyin Baron bilan olomon orasidan o‘tib ketayotgandik. Birdan u yerga qulab, jon berdi. Odamlar negadir mullanichaqirishdi. Hamma qayg‘uda edi, ayrimlar yig‘ladi ham. Baron Osiyodagi eng qimmat ot edi. Uning o‘limiga nima sabab bo‘lganini bilmayman”, — deydi otning egasi Olmos Qo‘ldoshev.

Foto: Daily Kyrgyzstan

Qo‘ldoshevga ko‘ra, xaridorlar jonivor uchun million dollar to‘lashga tayyor edi. Oxirgi marotaba unga ikki kun avval Baronni sotishni taklif qilishgan.

Vazni 920 kilogramm bo‘lgan Baron 2012-yilda Rossiyadan, Omskdan keltirilgan, o‘shanda jonivor 5 ming dollarga xarid qilingandi.