Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida 27-dekabr kuni og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 4 kishi olamdan o‘tdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.
Baxtsiz hodisa Nexia-3 avtomashinasining beton to‘siqqa borib urilganligi oqibatida sodir bo‘lganligi aytilmoqda. Kuchli zarba avtomashinaning gaz balloni otilishiga sabab bo‘lgan.
Vafot etgan fuqarolarning ikki nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida faoliyat yuritib kelgan (biri vazir o‘rinbosari, ikkinchisi haydovchi), bir kishi Tuyamo‘yin-Nukus mintaqaviy suv o‘tkazgichidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va yana biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yetakchi mutaxassisidir.
YTHning sodir bo‘lishiga asfalt yo‘lning sirpanchiqligi sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.