29-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 19-turidan o‘rin olgan birinchi o‘yin “Yuventus” va “Sampdoriya” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
“Juventus Stadium” stadionida kechgan bahsning 2-daqiqasida Krishtianu Ronaldu Paulo Dibalaning uzatmasini golga aylantirdi va hisobni ochdi (1:0). Uchrashuvning 33-daqiqasiga kelib, hakam Paolo Valeri VAR tizimi orqali “Yuventus” futbolchisi o‘z jarima maydonida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topdi va Mattia Perin darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. “Sampdoriya” yetakchisi Fabio Kualyarella darvozani aniq nishonga olib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi. 2-bo‘limning 65-daqiqasida Ronaldu penaltidan gol urdi va A Seriya joriy mavsumidagi gollar sonini 14 taga yetkazib qo‘ydi. Uchrashuv yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi va “Yuventus” muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ronalduning birinchi goli
Ronalduning ikkinchi goli
A Seriya
19-tur bahslari
29-dekabr, shanba
“Yuventus” – “Sampdoriya” 2:1
Gollar: 1:0 – 2 Ronaldu, 1:1 – 33 Kualyarella (penalti), 2:1 – 65 Ronaldu (penalti).“Yuventus”: Perin, De Shilyo, Rugani, Kyellini, Aleks Sandro, Emre Jan, Pyanich, Matyuidi (Duglas Kosta, 82), Dibala, Manjukich (Bernardeski, 69), Ronaldu.
“Sampdoriya”: Audero, Sala, Ferrari, Kolli, Murru, Prat, Ekdal (Yankto, 82), Linetti, Ramires (Saponara, 72), Kualyarella, Kapriari (Defrel, 67).
Ogohlantirishlar: Matyuidi (36), Ferrari (37), Rugani (71), Saponara (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)