Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida “Sariosiyo” MFYda yashovchi I.D. shu MFY hududida o‘zaro janjal sabab tanishi B.M.ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada B.M. kasalxonaga yotqizilgan. I.D. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.