“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o‘tganidan so‘ng jamoaning o‘yini sezilarli darajada o‘sganini aytdi, deb yozadi Marca.
Agentinalik futbolchining ta’kidlashicha, Italiya klubi — ushbu mavsum Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritishga asosiy da’vogarlardan biri.
“Yuventus” yaxshi jamoa hisoblanadi. Avval ham shunday edi, ammo Krishtianuning kelishi turinliklar o‘yinini yanada kuchaytirdi. “Yuventus” ushbu mavsum Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritishga asosiy da’vogarlardan biridir”, — deydi Messi.
Ushbu mavsum Ronaldu Turin klubi safida A Seriyaning 18 ta o‘yinida (17 tasi — asosiy tarkibda) maydonga tushib, raqib darvozasini 12 bor ishg‘ol etdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 33 yoshli portugaliyalik hujumchi shu yilning yozida “Real”dan turinliklar safiga qo‘shilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)