Namangan shahrida ayol uyida o‘g‘li bilan birga gaz plitasidan sizib chiqqan tabiiy gazdan zaharlanib vafot etgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 26-dekabr Namangan shahar Haqiqat MFYda yashagan G.M. va uning o‘g‘li gaz plitasi o‘chib yonishi oqibatida sizib chiqqan tabiiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)