Moliya vazirligi va Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion davomida 184,1 milliard so‘m miqdoridagi 197 100 dona qimmatli qog‘ozlar joylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
26 dekabr kuni O‘RVB muomala davri 6 oy bo‘lgan (diskontli) umumiy hajmi 200 mlrd.so‘mlik 200 ming dona davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bo‘yicha auksion o‘tkazildi. Auksionda 10 ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 223 milliard so‘m hajmida 239 270 dona raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.
Qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 14,1 foizni tashkil etdi, bunda minimal daromadlik darajasi - 13,7 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi - 15,1 foizni tashkil etdi.
Izoh (0)