Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga rasman tasdiqlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.
U 2018-yilning 11-may kuni qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Behzod Musayev bunga qadar boshqa ishga o‘tkazilgani munosabati bilan lavozimini tark etgan soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.