26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-tur bahslarini “Frozinone” — “Milan” o‘yini ochib berdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va tomonlar durangga imzo chekdi.
Turinning “Yuventus” klubi “Atalanta” maydoniga safar qildi. Uchrashuv boshidayoq (2-daqiqa) Gimshitining avtogoliga qaramay, Sapataning dubli evaziga (24 va 56-daqiqada) hisobda oldinga chiqib oldi. Krishtianu Ronaldu zaxiradan maydonga tushib, 78-daqiqada raqib darvozasiga gol urdi va turinliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. O‘yin jangovar 2:2 hisobida yakunlandi.
“Latsio” safarda “Bolonya” klubi bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida taslim qildi. 30-daqiqada “Latsio” futbolchisi Luis Felipe hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqada Lulich 2:0 hisobni ko‘rinishiga keltirdi va jamoasiga muhim 3 ochkoni keltirdi.
A Seriya
18-tur bahslari
26-dekabr, chorshanba
“Frozinone” — “Milan” 0:0
“Atalanta” — “Yuventus” 2:2
Gollar: 0:1 – 2, avtogol Gimshiti, 1:1 – 24 Sapata, 2:1 – 56 Sapata, 2:2 – 78 Ronaldu.“Sampdoriya” — “Kyevo” 2:0
Gollar: 1:0 – 47 Kualyarella, 2:0 – 59 Ramires.“Fiorentina” — “Parma” 0:1
Gol: 0:1 – 45 Ingleze.“Kalyari” — “Jenoa” 1:0
Gol: 1:0 – 45 Farias.“Bolonya” — “Latsio” 0:2
Gollar: 0:1 – 30 Luis Felipe, 0:2 – 89 Lulich.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)