Fransiya terma jamoasi hamda “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Blez Matyuidi JCh—2018 musobaqasidan tushgan mablag‘ni xayriyaga berdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar beradi.
“Men Jahon chempionatidan tushgan mablag‘ni (330 000 dollar) xayriya qildim. Pul berish va bu haqda boshqalarga aytish — har bir insonning shaxsiy ishi.Mbappe mutlaqo haq, biz juda katta pul ishlab topamiz. Bu biz uchun kichik miqdordagi mablag‘lar, ammo bu pullarning muhtojlarga juda katta yordami tegadi.
Eng asosiysi, ularning hammasi yurakdan chimoqda. Biz, albatta, qo‘ldan kelgancha g‘amxo‘rlik qilamiz.
Bola kulgisini ko‘rsam, yuragim taskin topadi”, — dedi Matyuidi Journal du Dimanche’ga bergan intervyusida.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)