Braziliya hukumati jinoyatchilikka qarshi keskin kurash olib bormoqchi, deb xabar beradi “Vesti”.
Hukumat politsiyaga qurollangan qo‘shimcha kuchlar ajratishni rejalashtirgan. Politsiyachilarga kamera beriladi. Kamera politsiyachilarning harakati qonuniyligini isbotlash uchun kerak bo‘ladi.
Keskin kurash dasturini Braziliya federal sudyasi taklif qilgan. U yanvar oyidan boshlab Rio-de-Janeyro shahriga gubernator bo‘lishi kutilmoqda. Federal sudyaga ko‘ra, endi shaharga qurol bilan chiqqan har qanday fuqaro o‘ldiriladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yil davomida Braziliyada 64 mingta qotillik sodir bo‘lgan.
Izoh (0)