Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga so‘ngi uch oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 558 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 34 tasi ijobiy hal etilgan. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi ma’lum qildi.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi va tuman inspeksiyalari “Ishonch telefoni”ga 20 dekabr holatiga 632 ta murojaat kelib tushgan. Ularning aksariyati hisob-kitob terminallari va nazorat kassa mashinasi ishlamasligi, tegishli hujjatlarsiz mahsulot sotish hamda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarga oid bo‘lgani aytilmoqda.
1-noyabr kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi “Ishonch telefoni”ga Olmazor tumani Jomiy bozorida xaridorga amalga oshirgan savdosi uchun chek berilmagani haqida murojaat kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazgan.
O‘rganish davomida tadbirkor Bahodir Salmonov (ism familiyalar o‘zgartirilgan) bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, soliqqa oid qonunchilik talablari tushuntirildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan Bahodir Salimovga rasmiy ogohlantirish xati taqdim etildi.
Izoh (0)