Italiyaning “Milan” jamoasi PSV Eyndxoven klubining qanot yarim himoyachisi Irving Losanoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Tuttosport xabar beradi.
“Rossonerilar” Meksika terma jamoasining 23 yoshli o‘yinchisini yanvarda jamoaga olib kelmoqchi va allaqachon uning agenti Mino Rayolaga murojaat qilgan.
Losano PSV bilan 2023-yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda. Niderlandiyaliklar uning transferi uchun kamida 40 million yevro ishlab olishni ko‘zlab turibdi.
Ma’lumot uchun, Irving Losano joriy mavsum PSV tarkibida 17 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berishga erishgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)