Navoiy viloyatida opa-singil is gazidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.
Xabar berilishicha, 23-dekabrga o‘tar kechasi Karmana tumanida yashovchi S.R. (qiz) oshxonadagi gaz plitani yoqib, uxlab qolgan. Gaz plitadan sizib chiqqan tabiiy gaz isidan o‘zi va 16 yoshli singlisi S.R. zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)