Marokashda ikki turistning o‘limiga IShID terrorchilari sababchi bo‘lib, qotillik siyosiy sabablardan qilingan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Reuters Daniya Bosh vaziri Larsa Lekke Rasmussenga asoslanib ma’lum qilgan.
Daniya razvedkasi qotillik IShID terrorchilari tomonidan amalga oshirilgani, hozirda ijtimoiy tarmoqlardagi qottilik payti aks etgan videolarni o‘rganayotganini aytgan.
Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchilardan biri Marokashda qo‘lga olingan, yana uch kishi qidiruvga berilgan.
Hafta boshida Marokashda 24 va 28 yoshli ikki daniyalik ayolning jasadi topilgandi.
Izoh (0)